So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Fargʻonada gaz balloni portlagan Lacetti haydovchisi 3-yilga qamaldi
Fargʻona viloyatining Rishton tumanida gaz balloni portlashi tufayli Lacetti haydovchisi 3-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Voqea 2024-yilning 7-iyul kuni soat 11:40 larda sodir boʻlgan. Rishton tumanining “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan Lacetti avtomashinasining metan gaz balloni portlab ketgan.
Portlash vaqtida mashina ichida hech kim boʻlmagan, dastlabki maʼlumotga koʻra, portlash oqibatida avtomobil atrofidagi 20 ga yaqin kishi turli darajada tan jarohati olgan. Portlash ortidan kelib chiqqan yongʻin zudlik bilan bartaraf etilgan.
Oʻshanda Lacetti egasi avtomashinasini dehqon bozori hududiga toʻxtatib, oʻzi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan. Portlash oqibatida shu atrofda boʻlgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tuman sudida boʻlib oʻtgan sudda haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan aybli deb topildi va 3-yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 3-yilga qamaldi.
Bundan tashqari, haydovchidan jabrlanuvchilar foydasiga 26 million soʻm moddiy, 58 million soʻm maʼnaviy zarar undirish belgilandi.