So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Toshkentda 2 yigitni pichoqlab, uyini yoqib yuborgan shaxs qoʻlga olindi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻlgandi.
Ushbu uy qasddan yoqib yuborilgan va uydagi ikki nafar yigit pichoqlab ketilgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga boradi va kutilmaganda ular oʻrtasida kelishmovchilik roʻy beradi. Shundan soʻng, gumonlanuvchi yigit oshxonadan pichoq olib, uyda boʻlgan ikki yigitga tan jarohati yetkazadi.
Pichoqlangan yigitlar zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi. Shifoxona maʼlumotlariga koʻra, pichoqlanganlar jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot shamsutdinovga koʻra, ayni vaqtda holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi yigit qoʻlga olingan. Ayni damda Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.