So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“CREDIT-HOUSE” nayranglarini toʻxtatinglar! – Prezidentga murojaat
Soʻnggi paytlarda uy-joy bilan bogʻliq muammolar keng jamoatchilik diqqatini tortmoqda. Bu muammolarni keltirib chiqargan korxonalardan yana biri “Credit House” va “In Fin Stroy Invest” MCHJdir. Korxona mansabdorlariga nisbatan firibgarlikda ayblov ilgari surilib, jinoyat ishi ochilgan.
Fuqarolarning nadomatlari EFFECT.UZ tahririyatigacha yetib keldi. “Credit House” MCHJ faoliyatidan norozi boʻlgan fuqarolar bizga murojaat yoʻllashgan.
Ularning aytishicha, kompaniya bilan Toshkent shahridan qulay shartlar evaziga uy xarid qilish maqsadida shartnomalar tuzilgan boʻlib, bunda barcha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan. Biroq belgilangan muddatda xonadonlar topshirilmagan va topshirilganlarini ham foydalanishga kiritish muammosi yuzaga kelgan. Xususan, qurilish kompaniyalari ayrim fuqarolarni yashayotgan xonadonlaridan chiqarib yuborishgan, buning sababi “Credit House” pullarni uy qurgan kompaniya hisobiga oʻtkazmagan.
Shu yiling 17-mart kuni jabrlangan fuqarolar oʻrtasida yigʻilish oʻtkazildi. Unda masʼul idoralar xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning shikoyatlarini tinglagan. Fuqarolarning fikricha, kompaniyaning uy-joy sotib olish boʻyicha vaʼdalari bajarilmagan.
Ish boʻyicha tergov boshlangan: “Credit House” va “In Fin Stroy Invest” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu modda boʻyicha gumonlanuvchilar jiddiy jazoga tortilishi mumkin.
Kompaniya vakillari oʻzlarining aybdor emasligini, muayyan sabablarga koʻra xonadonlarni topshirishda kechikkanliklarini taʼkidlashmoqda. Yaʼni, qurilish ishlarining toʻxtab qolgani, moliyaviy qiyinchiliklar va kelishilmagan kelishuvlar sababli shunday holat yuzaga kelganini bildirishmoqda. Endi savol tugʻiladi, shartnoma bandlarini tuzish korxona qoʻlida boʻlsa, kelishilmagan holat qayerdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.
Ushbu voqealar qurilish sohasidagi nazoratning kuchaytirilishi zarurligini yana bir bor koʻrsatmoqda. Zero, bu Oʻzbekistondagi birinchi yoki katta ehtimol oxirgi holat ham emas. Bu barchaga saboq boʻlishi kerak. Jamoatchilik va huquqni himoya qiluvchi idoralar holatni nazoratda ushlab, jabrlanganlarning manfaatlarini himoya qilishda davom etishi lozim. Effect.uz masala yuzasidan oʻrganish ishlarini davom ettiradi, voqealar rivojini biz bilan kuzating.
Quyida ayrim murojaatchilar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyevga yoʻllangan murojaatni keltiramiz.
Hurmatli Prezidentimiz!
Biz sizga adolat soʻrab murojaat qilmoqdamiz. Bugun yuzlab, balki minglab insonlar “CREDIT-HOUSE” va “NEW GENESIS” MCHJ firibgarlarining tuzogʻiga tushib, umr boʻyi ter toʻkib yigʻgan pulidan ajralmoqda.
Kimdir boshpanasiz qoldi, kimdir umid bilan toʻlagan puli evaziga hech narsa olmadi. Ota-onalar farzandlari bilan koʻchada qolmoqda, qarindoshlaridan uy-joy soʻrab sarson boʻlyapti. Yoshlarga “kelajagingiz porloq” deyilgan, ammo ular hali umr yoʻllarining boshidayoq firib qurboniga aylandi.
Qani adolat?!
Bu insonlarning dardini kim eshitadi? Kim ularning haq-huquqini himoya qiladi?
Sizdan yordam soʻraymiz! Jabrlanganlarga oʻz uyini yoki pulini qaytarib olishda koʻmak bering!