So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Samarqand – Yevropa va Markaziy Osiyo muloqotining markazi…
3–4-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti istiqbollarga yoʻl ochadi.

Samarqand shahri joriy yilning 3–4-aprel kunlari tarixiy voqeaga mezbonlik qiladi – birinchi marta “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatida sammit oʻtkaziladi. Unda Yevropa Kengashi va Komissiyasi raislari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammitga raislik qiladi.
Ushbu sammit Yevropa va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sanaladi. Oʻzbekiston esa bu jarayonda ochiq va faol sherik sifatida alohida oʻrin tutadi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi aloqalar siyosiy muloqotdan tortib, investitsiya va taʼlimgacha boʻlgan keng sohalarni qamrab oldi. 2023-yilda ikki tomonlama savdo hajmi 5,8 milliard dollarga yetdi, mamlakatda 1000 dan ziyod yevropalik sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
2022-yilda imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv oʻzaro munosabatlarni institutsional darajada mustahkamlamoqda.
Qator Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik agrosanoat, taʼlim va logistika sohalarida kengaymoqda. Germaniya Markaziy Osiyodagi faqat Oʻzbekiston bilan sheriklikni saqlab qolgan davlat boʻlib, investitsiyalar hajmi 4,5 milliard dollardan oshib ketdi. Fransiya “yashil” iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
Tadbir doirasida transport, raqamli infratuzilma, ekologiya, taʼlim, xavfsizlik va “yashil energetika” kabi sohalarda hamkorlik mexanizmlari muhokama etiladi. Shuningdek, Transkaspiy transport yoʻlagini jadallashtirish, EIZlar orqali sarmoya jalb qilish va inson kapitalini rivojlantirish ustuvor vazifalardan sanaladi.
Samarqand sammiti – bu rasmiy bayonotlar emas, amaliy natijalar va istiqbollar maydoni. U Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlab, Yevropa bilan mustahkam, barqaror va pragmatik sheriklikni yoʻlga qoʻyishda yangi sahifa ochadi.



