So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Samarqandda oʻquvchining onasi oʻqituvchini tarsakiladi
Samarqand viloyatidagi maktablardan birida oʻquvchining onasi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirdi.
Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi. Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 17-mart kuni soat 10:47 larda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 93-maktabda sodir boʻlgan. Avvaliga ona oʻqituvchi bilan janjallashgan. Shundan soʻng u oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirgan.
“Ayni paytda holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan oʻrganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sirdaryoda ayol oʻquvchilar koʻz oʻngida oʻqituvchini kaltaklagandi. Pedagogga nisbatan fuqaroning qoʻpol muomalada boʻlgani sabab yuzaga kelgan hamda jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab boʻlgan holat viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilgan va tegishli chora koʻrilgan.