So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Fermerlar dodini kimga aytishini bilmay qoldi” – Karmanalik fermerlarning murojaati
Karmana tumani fermerlari nomidan murojaat qilmoqdamiz. Tumanda 145 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan jami 5600 gektar gʻalla ekilgan.

Shundan 55 ta fermer xoʻjaligi bilan “Sara Don” gʻalla klasteri bilan shartnoma tuzilib, 5 ming tonna gʻalla topshirilishi boʻyicha shartnomalar imzolangan.
Sara Don MCHJ tumandagi 73 fermer, 2505 gektar, 7899 tonna gʻalla boʻyicha shartnoma imzolangan. Afsuski, bu klaster bilan shartnoma qilgan fermerlarning barchasi norozi.
Sababi, 2024-yil gʻalla hosili uchun ajratilgan limitlarni klaster oʻz hisobiga hal qilib, kreditlarini yopgan fermerlarga koʻrmasdan paxta limitidan gʻallani oziqlantiringlar deb qoʻrqmasdan tazyiq oʻtkazmoqda.
Chunki qoʻshtirnoq ichida klaster rahbari nomiga boshqa-yu, amalda klasterni Navoiy viloyat Agroinspeksiya boshligʻi A.Rashidov boshqaradi.
Hozirda gʻalla ikkinchi bor oziqlantirilishi zarur edi ming afsuski birinchi oziqlantirish ham bajarilmagan gʻallalarni ahvoli oʻta abgor ahvolda.
Fermerlar dodini kimga aytishini bilmaydi. Qolaversa klaster «Baxt tekstil« MCHJ bilan kelishib, ayrim fermerlar hisobidan pul mablagʻlarini ruxsatsiz oʻzlashtirgan.
A.Rashidov borgan sari haddini bilmay boryapti. Viloyat prokuraturasi, viloyat DXX, viloyat hokimi ushbu holatni oʻrganib, biz fermerlarga amaliy yordam berishlariga umid qilib, kutib qolamiz.



