So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Wolt oʻzbek ayollariga biznesni rivojlantirishda qanday yordam beradi?
Wolt kompaniyasining turli sohalarda ayollar biznesini rivojlantirishga qaratilgan “Business Up Skill” taʼlim dasturi yakuniga yetdi.
Dastur doirasida ishtirokchilar boshqaruv va moliyaviy rejalashtirish koʻnikmalarini mustahkamlab, biznesni yuritishga doir strategik yondashuvlarni oʻzlashtirishdilar.
«Dasturimiz bitiruvchilari olgan bilimlarini amaliyotda samarali qoʻllayotganini koʻrib xursand boʻlamiz. Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash — kelajakka kiritilgan sarmoya, va biz ayol yetakchilarning shakllanishiga oʻz hissamizni qoʻsha olganimizdan faxrlanamiz», — dedi Wolt vakili Nataliya Djaliashvili.
Dastur davomida ishtirokchilar uchun anʼanaviy oʻquv mashgʻulotlari va shaxsiy maslahatlar tashkil etildi. Ular moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha amaliy tavsiyalar oldilar. Yakuniy bosqichda esa olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash va ularni biznesda uzoq muddatli joriy etishga qaratilgan onlayn-kouching boʻlib oʻtdi.
«Dastur ishtirokchilari endi yangi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengish, biznesni samarali boshqarish va oʻsish imkoniyatlarini kengaytirish uchun foydali vositalarga ega boʻldilar», — taʼkidladi xalqaro biznes-kouch Nino Eliashvili.
«Trening yuqori sifatli dasturi, xalqaro tajribaga ega professional maʼruzachilari va nazariya bilan amaliyotning samarali uygʻunligi bilan hayratlantirdi. Ayniqsa, haqiqiy biznes-keyslar va oʻsish strategiyalari juda foydali boʻldi. Bunday tadbirlar nafaqat dunyoqarashni kengaytiradi, balki foydali aloqalar oʻrnatishga yordam berib, kuchli ragʻbat beradi», — dedi trening ishtirokchisi va Fish&Bread operatsion direktori Diyora Ganiyeva.
“Business Up Skill” dasturi Oʻzbekistondagi ayol tadbirkorlarga katta koʻmak boʻlib, ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va bizneslarini rivojlantirishga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamladi.
«Ayollar tadbirkorligi iqtisodiy taraqqiyotda muhim ahamiyatga ega, bunday tashabbuslar esa barqaror va raqobatbardosh biznes muhitini shakllantirishga yordam beradi», — taʼkidladi SavvY xalqaro biznes-murabbiysi Mariam Koyava.