Qidirish

17:36 / 2025-02-20 1273 2 Maqolalar

Har qanday masalaga qulay pozitsiyada emas, har tomonlama va xolisona yondoshish kerak – Nasimbek Azizov

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, dotsent Nasimbek Azizov sobiq deputat Rasul Kusherbayevning noqonuniy qurilishlar masalasiga oid videosiga nisbatan oʻz fikrini bildirdi.

world-news

Rasul Kusherbayevning noqonuniy qurilishlar masalasiga oid videosiga koʻzim tushdi. Noqonuniy qurilishlar himoya qilinib, undan aziyat chekayotgan oddiy fuqarolar unutilgandek. Masalaga xolisona va har tomonlama yondashuvni taʼminlash maqsadida ayrim masalalarga aniqlik kiritib oʻtish lozim.

Birinchi jihat. Murojaatda umumiy gaplar. Mayli, balkim voqea ayni murojaatda aytilganidek boʻlgan taqdirda ham bir narsani tushunish kerak, binolar mulkdorlarga tegishli boʻlgani bilan ular noqonuniy qurilgan, yaʼni qonunga xilof ravishda oʻzlashtirib olingan maydonda yoki yer uchastkasidan foydalanish shartlariga zid ravishda qurilgan (masalan, yengil konstruksiyaga ruxsat berilgan boʻlsa, fundamentli qurilish qilgan) boʻlsachi bu qonuniymi?

Bu borada xorijda keng qoʻllaniladigan “clean hands” (“toza qoʻllar”) prinsipi qoʻllaniladi, unga koʻra, mulkni qoʻlga kiritishning asosi qonuniy, halol boʻlishi kerak. Aks holda sud adolatli huquqiy himoyani rad etishi mumkin.

Shunday ekan, tabiiy savol tugʻiladi: oʻzi yerni noqonuniy egallab olib, unga noqonuniy qurilish qilib, keyin mol-mulk buzilyapti deyish konunchilik talablariga qanchalik mos keladi?

Ikkinchi jihat. Qonunchilikda tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun oʻz mulkiga tutash hududlarda yengil konstruksiyali qurilishlarga ruxsat berilganligini, lekin ayrim tadbirkorlar ushbu imkoniyatni suisteʼmol qilib, yengil konstruksiyali emas, fundamentli qurilishlar qurib olganligini qayd etish kerak. Bunday holatlarda ham qurilish noqonuniy hisoblanishini unutmaylik.

Uchinchi jihat. Yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilganligini ham unutmaslik kerak.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60-moddasida yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, ulardan noqonuniy foydalanish uchun fuqarolarga 11,2 mln soʻm, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 75 mln soʻm maʼmuriy jarima nazarda tutilgan.

Ushbu harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin takroran sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 229-1-moddasiga asosan jinoiy javobgarlik qoʻllaniladi. Bunda jinoyatchiga 112,5 mlndan 150 mln soʻmgacha jarima, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin.

Shunday ekan, noqonuniy qurilishlar qilayotgan, koʻpchilikning haqqiga tajovuz qilayotgan shaxslarga va ularning himoyachilariga shahar bedarvoza emasligini eslatib qoʻyish oʻrinli.

Toʻrtinchi jihat. Jamiyat ham, fuqarolar ham, davlat ham noqonuniy harakatlarga, shu jumladan, noqonuniy qurilishlarga qarshi boʻlishi, ularga yoʻl qoʻymasligi, ularga qarshi kurashishi kerak!

Chunki, bunday noqonuniy qurilishlardan shahar infratuzilmasi ham, xalq ham, boshqa tadbirkorlar ham jabr koʻradi. Bu jamiyatdagi qonuniylik muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, noqonuniy qilmish uchun jazosizlik tuygʻusini kuchaytiradi. Noqonuniy qurilishlar boshqa muammolar – avtoturargoh (parkovka), tirbandlik, irrigatsiya tizimiga ham taʼsir qiladi.

Avvalo, shaxs oʻziga savol berishi lozim: oʻzingizning uyingiz oldida yeki tagida noqonuniy qurilish qurvolib, xalaqit berishsa shunga rozimisiz?

Yana bir masala. Murojaatda Konstitutsiya xakida gapirilgan. Lekin Asosiy Qonunimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, xalq manfaatlari, birdamlik kabi tushunchalar ham mustahkamlangan.

Xususan, Bosh Qomusimizning 66-moddasida mol-mulkdan foydalanish boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerakligi belgilangan. Ayniqsa, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish mumkin emas.

Shunday ekan har qanday masalaga ham qulay pozitsiyada emas, har tomonlama va xolisona yondoshish kerak.

Izohlar 2

цвввввввввв
2025-Feb-20 20:54
цвцццццццц
reklama
2025-Feb-28 21:28
Saytga reklama bermoqchi bolganlar qaysi to'lov tizimida to'lash kerak. Somdami yoki shekeldami. Sayt mamuriga qulay bo'lsin deb so'rayotgandim
Fikr bildirish