So`ngi yangiliklar
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Turkiyaning shifobaxsh gʻorlari haqida bilarmidingiz?
Turkiya gʻor va gʻor kezuvchilar uchun ideal maskan boʻlib, mamlakat boʻylab qariyb 40 000 gʻor mavjud.

Ushbu ajoyib geologik tuzilmalarning yer osti koʻllari, stalaktitlari va stalagmitlarini oʻrganish eng hayajonli sarguzashtlardan biridir. Bu sirli yer osti olamiga kirganingizda, oʻzingizni fantastik filmlardagidek his qilmaslik mumkin emas.
Damlatash gʻori: Stalaktitlarning ajoyib dunyosi
Turkiyadagi gʻor turizmi haqida gapirilganda, shubhasiz, xayolga keladigan ilk gʻor Antaliyaning Alanya tumanidagi Damlatash gʻoridir. Gʻor pastiga kirish joyidagi 50 metrlik yoʻlakdan oʻtib, silindrsimon kovak orqali tushish mumkin. Gʻor ajabtovur stalaktitlari bilan bir qatorda, nafas yoʻllari kasalliklaridan aziyat chekadiganlar uchun foydali boʻlgan havosi bilan ham mashhur. Astma bilan ogʻrigan bemorlar 21 kunlik muolajalardan oʻtadilar va har kuni shifokor nazorati ostida maʼlum vaqt davomida gʻorda oʻtirishadi.
Ballija gʻori: shifobaxsh geologik meros
Tokatdagi Ballija gʻori 3,5 million yillik tarixga ega. Gʻorning geologik landshafti global miqyosda kamyob boʻlib, unda stalaktitlar, stalagmitlar va ustunlar, parda travertinlari, gʻor marvaridlari va noyob piyoz stalaktitlari mavjud. Oʻrganilmagan qismlari tufayli sirli boʻlib qolayotgan ushbu gʻorda hozirgacha aniqlangan sakkizta zal mavjud.
Gʻorning ziyoratchilar uchun ochiq boʻlgan qismlarini oʻrganish har qadamda hayratga va hayajonga soladigan sayohatga chiqishga oʻxshaydi. 2019-yilda yorqin rangli kalsit birikmalari tufayli YUNESKOning Jahon merosi vaqtinchalik roʻyxatiga kiritilgan gʻor chang va gulchanglardan xoli ionlashgan havosi tufayli astma va nafas qisilishi bilan ogʻrigan bemorlarni davolash markazi vazifasini oʻtaydi.
Oltinbeshik gʻori: eng katta yer osti koʻli
Turkiya Riviyerasining yuragi boʻlgan Antaliya sarguzashtsevarlar orzusidagi mashhur manzil boʻlib, u yerda insoniyat tarixining izlarini oʻzida mujassam etgan katta-kichik gʻorlar juda koʻp. Urunlu qishlogʻidagi Oltinbeshik gʻori hududdagi birinchi dunyoga mashhur gʻordir.
Tabiat moʻjizasi sanalgan ushbu gʻor oʻziga xos uch qavatli tuzilishga ega boʻlib, Turkiyaning eng katta va dunyodagi uchinchi eng katta yer osti koʻlini oʻz ichiga oladi. Koʻldagi qayiq sayohatlari qaragʻay oʻrmonlari oʻrtasidagi vohaga oʻxshab koʻrinadigan gʻorga kirish imkonini beradi. Ushbu qavatning oxirida 44 metrli vertikal travertin tuzilmalarining hayratlanarli manzarasi lol qoldirishi turgan gap.
Karain gʻori: Paleolit hayotining markazi
Antaliya viloyatida joylashgan Karain mamlakatning eng muhim tabiiy gʻorlaridan biri va Paleolit davri topilmalari bilan mashhur arxeologik manzildir.
Qolaversa, Karain paleolitdan Rim davrigacha boʻlgan davrlarda yashagan odamlarning hayot tarziga oid topilmalar saqlanadigan Turkiyadagi eng katta gʻor sanaladi. Maʼlum boʻlishicha, gʻorda topilgan qoldiqlarning baʼzilarini Onadoʻlida eng qadimgi insonlar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari tashkil etadi. Karain gʻori ham YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Karaja gʻori: Gumushhanening yer osti saroyi
Karaja gʻori Turkiyaning Sharqiy Qoradengiz mintaqasidagi eng goʻzal shahar boʻlmish Gumushhaneda joylashgan. Gʻorda maftunkor stalaktitlar, stalagmitlar, piktogramma devorlari, devor travertinlari, gʻor gullari, gʻor marvaridlari, fil quloqlari, travertin hovuzlari va rang-barang gʻor atirgullari mavjud.
Ushbu qazilma gʻor toʻrtta alohida elliptik zalning bir-biriga bogʻlanishi natijasida hosil boʻlgan. Bu zallardan ikkitasi vaqt oʻtishi bilan suv oqishi natijasida hosil boʻlgan devor tomchilari bilan boʻlingan va zallarning umumiy soni oltitaga yetgan.
Dupnisa: Trakyaning mashhur gʻor tizimi
Dupnisa gʻori Kirklareli viloyatining Demirkoʻy tumanidagi yashirin xazina hisoblanadi. Trakyadagi birinchi va yagona turistik gʻor boʻlgan Dupnisa har yili oʻn minglab ziyoratchilarni qabul qiladi. Taxminan toʻrt million yil davomida rivojlanayotgan tuzilmaning yuqori qismi Kuru va Qiz gʻorlarini oʻz ichiga oladi, tashrif buyuruvchilar esa pastki qavatda Sulu gʻorida kutib olinadi.
Dupnisa oq rangdan qizil va jigarranggacha boʻlgan turli xil ranglarga ega va hayratomuz stalaktitlar, stalagmitlar, ustunlar, pardalar, bayroq toshlari va ulkan oʻlchamlarga ega boʻlgan tosh hovuzlarni oʻz ichiga oladi. Gʻorda 11 xil koʻrshapalak turlari yashaydi va baʼzi hududlar koʻrshapalaklarning koʻpayishi uchun 15-noyabrdan 15-maygacha ziyoratchilar uchun yopiq boʻladi.



