So`ngi yangiliklar
Andijonda Bobur shahri barpo etiladi
Navoiyda paxta terish xizmatiga ajratilgan subsidiya pullari toʻlab berilmagan. Fermerlar kengashi masʼullarga chora koʻrish boʻyicha Bosh prokuraturaga murojaat kiritdi
Prezidentga modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroportining imkoniyatlari haqida axborot berildi
Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini koʻrib chiqdi
Jamiyatimizning koʻrinmas qahramonlari
Xitoyda uch kundan beri boʻron kuzatilmoqda
Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Meʼmor Sinon: meʼmorchilik tarixining buyuk va monumental siymosi
Sudyalarning nafsi hakalak otganmi yoxud Yodgorov va Islomov tizginni yoʻqotdimi?
Odil sudlovni amalga oshiruvchi sudyalar tomonidan pora olish jinoyatini sodir etilishiga qanday unsurlar sabab, bunga aybdor kim. Sudyalar Oliy kengashi raisimi yoki Oliy sud raisi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan odil sudlovni amalga oshirish yuzasidan shiddatli ishlar olib borilayotgan bir payda adolat tarozisini ushlab turuvchi sudyalarning pora olish jinoyatlarini sodir etilishi achinarli holat.
Maʼlumot uchun, 2023-yil davomida 10 nafar, 2024-yil davomida esa yana 10 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan. Xoʻsh, bunga kim aybdor va nima sabab? Sudyalar oliy kengashi raisi sudyalarni nazoratda ushlab tura olmayaptimi yoki Oliy sud boʻshlik qilyaptimi? Yoki ularning nafsi shunchalik hakalak otib ketganmi?
Amaldagi qonunchilikka koʻra viloyat, tuman (shahar) sudyalari Sudyalar Oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Oliy sud raisi tomonidan sudyalarning ish faoliyatiga rahbarlik amalga oshiriladi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, demak, Sudyalar Oliy kengashi raisi Xolmoʻmin Yodgorov tomonidan munosib sudyalarni tayinlash ishlari yetarlicha amalga oshirilmayapti. Odamlarda sudyalik degan martabali lavozimga loyiqlari emas balki tanish-bilishi borlargina tayinlanmoqda, degan fikrlar uygʻongan.
Sudyalar Oliy kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatish yuqoridagi shubhali fikrga biroz asos boʻlishi ehtimoli yoʻq emas.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuning 73-moddasiga koʻra, “Bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati, qoida tariqasida, ikki yildan kam boʻlmasligi kerak” deb koʻrsatilgan.
Biroq yangi tayinlangan sudyalar ikki yil boʻlmasa ham hattoki viloyat sudiga sudya boʻlib tayinlanayotganligini koʻrish mumkin. Sudlar oliy kengashi raisining oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun talablariga amal qilmagandan keyin u tomonidan tayinlangan sudyalar qonunni mensimasligi oddiy holat boʻlib koʻrinadi.
2024-yil davomida Jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh.Sodiqov, fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudyasi A.Berdiyev, jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudyasi A.Shomahmudov, Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi A.Abdurazzoqov, Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi S.Allaberdiyev, jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining raisi B.Toshpoʻlatovlar aynan Xolmoʻmin Yodgorov davrida tayinlangan sudyalar qatoriga kiradi.
Bundan kelib chiqadiki, sudyalarning korrupsion holatga aralashishi yaʼni pora olishiga Oliy sud raisi emas balki katta ehtimol bilan sudyalar Oliy kengashi raisi Yodgorov sababchi.
Chunki Xolmoʻmin Buvraboyevich kadrlarni tanlashda ularning bilimiga, qanchalik adolatli ekanligiga eʼtibor bermaydi. Yodgorov oʻz istagi bilan nomzodlarni sudyalikka loyiq deb topib, odil sudlovni yaʼni sud tizimining obroʻsiga putur yetkazmoqda.
Misol, Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ergash Saliyev Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan, Xolmoʻmin Yodgorov ham aynan Forish tumanidan. Jizzax viloyat sudining raisi A.Shukurov oʻzining yaqin insoni hisoblanadi.
Effect.uz ixtiyoridagi maʼlumotlarga koʻra, Xolmoʻmin Yodgorov, Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ergash Saliyev oʻrtasidagi yaqin hamkorlik oʻrtasida koʻprik boʻlib Jizzax viloyati sudi raisi Akram Shukurovning xizmatlari bor.
Saliyev hokimiyatdagi davrida viloyatda har qanday masalani sud qarori chiqarish bilan hal etish oqibatida fuqarolarning noroziligi koʻpaygan. Keyingi maqolada aynan yuqoridagi holatlar haqida asosli ravishda mulohaza boradi.



