So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Sudga formada keling janob prokurorlar!
Advokat Shohrux Mirzabekov Effect.uz va Daryo.uz jurnalistlari ishtirok etgan sud jarayonlarida prokurorlarning formasiz ekanligi sababi bilan jarayonni OAVda yoritish cheklangani toʻgʻrisidagi voqealarga munosabat bildirdi.

Advokatning aytishicha, prokurorlar sud jarayonlarida istagan formasida emas balki rasmiy kiyimida qatnashishi shart va lozim.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan va Toshkent viloyatidagi sud majlislarida prokuratura xodimlari formada boʻlmaganligi sababli taraflar tomonidan kiritilgan sud jarayonini videoga olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar rad qilinganligi holatlari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Shunga koʻra, bu boʻyicha oʻzimning shaxsiy fikrlarimni bildirishni joiz deb hisoblamoqchiman. Aslida, Bosh prokurorning tegishli sohaviy buyruqlarida prokuratura xodimlari sud majlislarida rasmiy kiyimda qatnashishi kerakligi qatʼiy belgilangan. Ilgari sudyalarning maxsus kiyim kiyishi Qonunda boʻlsada, namunasi rasman tasdiqlanmaganligi sababli ular ham sud majlislariga xohlagan kiyimida raislik qilardi.
Biroq, 2019-yil 12-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati tomonidan sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasi tasdiqlangandan soʻng barcha sudyalar sud majlislarini maxsus kiyimlarda olib bormoqdalar».
Eslatib oʻtamiz, 29-yanvar kuni Namangan viloyati sudida Shuhrat Qurbonov raisligida boʻlib oʻtgan sud jarayonida, advokat Zebo Komilovaning ommaviy axborot vositalari sud jarayonini yoritishi toʻgʻrisida kiritgan iltimosnomasi prokurorning prokuratura formasida emasligi sababi bilan rad etilgandi.
Sud majlisi boshlangach raislik qiluvchidan jarayonni videotasvirga olish uchun ruxsat soʻralgan.
Raislik qiluvchi prokurorga “Eʼtirozingiz yoʻqmi?” deya murojaat qildi va viloyat prokuraturasining boʻlim prokurori Bobur Maʼrufovning “Men bugun formada emasman, shu sababli videoga olishga ruxsat bermasligingizni soʻrayman” degan javobidan soʻng sud uning uzrini qabul qildi – iltimosnoma rad qilindi!



