So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra tog‘li hududlarda havo harorati -20 darajagacha pasayadi, Toshkentda qor yog‘ishi davom etishi mumkin.
O‘zgidromet bugun, 16 dekabr kuni uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, kechasi qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5 –10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –10... –12, kunduzi –3... –5 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17 –22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –8... –13 daraja, ba’zi joylarda –15 darajagacha pasayadi, kunduzi 0... –5 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 –20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –8... –13, kunduzi 0... –5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 –20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –8...–13 daraja, ba’zi joylarda –15 darajagacha pasayadi, kunduzi 0... –5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 –13 daraja sovuq, ba’zi joylarda –15 darajagacha pasayadi, kunduzi 0... –5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3... –8 daraja, ba’zi joylarda –5... –10 darajagacha pasayadi, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5... –10, kunduzi 0... –5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7 –12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –15... –20 daraja, kunduzi –8... –13 daraja bo‘ladi.