So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
M-39 yoʻli xalqaro maqomga ega, ammo uning holati bu maqomga mos emas – Jurnalist yoʻlovchilarning haqli noroziligiga sabab boʻlayotgan muammoni koʻtardi...
Oʻzbekistonning eng muhim magistrallar yoʻllaridan biri – M-39 xalqaro yoʻli poytaxtni vohalar bilan bogʻlovchi asosiy emas, yagona yoʻl hisoblanadi. Ammo bu yoʻlda yuzaga kelayotgan muammolar va masʼul tashkilotlarning eʼtiborsizligi yoʻlovchilarning haqli noroziligiga sabab boʻlmoqda.
Yoʻlni bosib oʻtish haqida gap ketganda, asosiy muammo – sifatsiz qurilish va notekis yoʻllardir. Chuqurlar, yomon asfaltlash, doimiy taʼmirlanish ishlari tufayli haydovchilar va yoʻlovchilar uchun bu yoʻl sinov maydonchasiga aylanib qoldi. M-39 yoʻli xalqaro maqomga ega boʻlsada, uning holati ushbu maqomga mutlaqo mos emas.
Bunga qoʻshimcha ravishda, Sirdaryo ustidan oʻtuvchi koʻprik uch oydan buyon taʼmirda. Koʻprikning yopilishi qatnovni yanada murakkablashtirgan, odamlar esa har kuni vaqt va asab sarflab, muqobil yoʻllarni izlashga majbur. Bu vaziyat nafaqat yoʻlovchilarning, balki barcha fuqarolarning hayotini qiyinlashtirmoqda.
Asosiy savol: Bu yoʻl va uning taʼmir ishlari uchun javobgar tashkilotlar bormi? Har kuni yoʻllar uchun toʻlanayotgan soliqlar qayerga ketayotgani haqida hech kim hisobot bermaydi. Koʻrinishicha, yoʻllar uchun masʼul tashkilotlar yoʻlovchilarning qulayligi va xavfsizligini taʼminlash oʻrniga faqat vaqtinchalik yechimlar bilan shugʻullanmoqda.
Yoʻllarning ahamiyati shunchaki qatnov uchun emas, ular xalq uchun qulay va xavfsiz boʻlishi lozim. Ammo bugungi holat shuni koʻrsatmoqdaki, yoʻl uchun javobgar boʻlgan tizimlar oʻz ishiga loqayd qaramoqda. Agar vaziyat oʻzgarmasa, bu nafaqat yoʻllar, balki butun transport infratuzilmasiga boʻlgan ishonchni yoʻqotishga olib kelishi mumkin.
Jamoat faoli, jurnalist: Asqar Ismoilov