So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Kusherbayev Prezidentning odil sudlov boʻyicha bildirgan tashabbusiga munosabat bildirdi
Kusherbayev Prezidentning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasiga munosabat bildirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasiga munosabat bildirdi.
“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida odil sudlovni taʼminlash borasidagi tashabbuslar inson huquqlarini taʼminlashda muhim qadamlardan deyish mumkin”, — deb yozdi Kusherbayev.
Deputat murojaatnomada keltirilgan sud tizimidagi islohotlarni olqishlab, ularning har biriga individual tarzda sharh berib oʻtdi.
Tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga oʻtkazish.
Insonning shaxsiy hayot daxlsizligini taʼminlashda ushbu masalalar hamma uchun katta ahamiyatga ega. Va bunda tabiiy ravishda har bir shaxsda hali aybi isbotlanmagan holda cheklovlar oʻrnatishda sud orqali eʼtirozlarini bildirish imkoniyatini berilishi zarur.
Afsuski amaliyotda tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga doir sanksiyalarda ish bir tomonlama boʻlgani sababli shaxsga ayblov nazaridan qaraladi va koʻp hollarda beixtiyor fuqaroning butun taqdiri birgina tergovchi qoʻlida qolib ketadi.Saylovchilardan bizga boʻlayotgan murojaatlarda ham bu muammolar koʻp taʼkidlanadi.
Umid qilamizki, ushbu tashabbusning hayotga tadbiq etilishi bilan sudlar oʻz vakolati doirasida fuqarolarga bunday cheklovlarni oʻrnatishda avvalo inson huquqlarini taʼminlash nuqtayi nazaridan yondoshadilar.
Mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali amalga oshirilishi.
Tadbirkorlik faoliyatida mulk huquqni cheklash ayniqsa ogʻriqli masala. Bir shaxsning xohishiga koʻra mulkidan foydalanish, tasarruf etishga doir cheklovning oʻrnatilishi oqibatida afsuski ayrim tadbirkorlar “sinib” ham ketmoqda.
Shu bois, ushbu masalaning ham sud orqali hal etilishi biznes muhitini yaxshilash bilan birga, qonunlardagi adolat tamoyilini amalda qoʻllash imkoniyatini oshiradi.
Sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinishi.
Ushbu tashabbus odil sudlovda tomonlar tengligini taʼminlash, oddiy aytganda tergov organining himoyachi advokat fikri bilan hisoblashgan holda ishni sudga olib chiqishiga majbur qiladi, deb oʻylayman. Bu ishda adolatni taʼminlashda muhim.
Ushlab turish joylariga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etilib, yuzni tanish uskunasi oʻrnatilishi.
Bu kelgusida ushlab turish joylarida fuqarolar bilan boʻlishi mumkin boʻlgan qiynoq va noqonuniy ushlab turishga doir huquqlari buzilishining oldini olishga xizmat qiladi. Afsuski bu borada ham koʻplab murojaatlar mavjud.
Shaxsan men bu ishni tezroq amalga joriy etilishi tarafdoriman. Hokim qarorlari ustidan maʼmuriy sudga berilganda eksterritoriallik prinsipi asosida koʻrilishi. Bu ayniqsa tadbirkor va fermerlarni sudma sud ovora boʻlib yurishdan qutqaradi.
Shu bilan birga ularga oʻz vaqtida hokim qarorlari ustidan sudga murojaat qilish, murojaat qilish muddatlarini oʻtkazib yubormaslik imkoniyatini ham oshiradi.