So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Prezident farmoniga muvofiq, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi. Yoshlar yetakchilariga yangi vazifalar yuklanadi, maktab va mahalla o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2026 yildan “Yoshlarning yagona elektron platformasi” ishga tushirilib, yoshlar haqidagi ma’lumotlar yagona baza orqali yuritiladi.
Prezidentning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi, yoshlar yetakchilarining individual va manzilli ishi kuchaytiriladi, shuningdek, ularning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash choralari ko‘riladi.
Yoshlar yetakchilari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklanmoqda:
yoshlarda o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish, mahalla darajasida jamiyat uchun foydali loyihalarni amalga oshirish;
shaxsiy rivojlanishga, iqtidor va iste’dodni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, "Besh tashabbus olimpiadasi"ni targ‘ib qilish;
yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamni ijtimoiy hamkorlik asosida tashkil etish.
Shu bilan birga, yoshlar yetakchilariga asosiy vazifalariga taalluqli bo‘lmagan boshqa topshiriqlarni yuklash taqiqlanadi.
Farmon doirasida qator yangiliklar joriy etiladi:
“Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Maktablarda direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari va psixologlar ishtirokida qo‘shimcha fanlar, chet tillari va kasblarga qiziqish bildirgan, shuningdek xulq-atvorida murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar aniqlanadi. Bu ro‘yxat yoshlar yetakchisi hamda mahalla raisiga taqdim etiladi.
2026 yil 1 fevralgacha “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” negizida “Yoshlarning yagona elektron platformasi” yaratiladi. Unda yoshlar haqida demografik va ijtimoiy ma’lumotlar asosida “Yoshlar balansi” shakllantiriladi, qiziqishlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkaziladi va mavjud imkoniyatlar haqida axborot beriladi.
2026 yildan boshlab “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam olish bo‘yicha barcha arizalar my.gov.uz va yangi platforma orqali ko‘rib chiqiladi.
Har yili 30 iyun – Yoshlar kuni oldidan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat yoshlar siyosati ijrosi yuzasidan milliy ma’ruza e’lon qilinadi.