So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Tomonlar oʻzaro ishonchga asoslangan strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahriga tashrifi chogʻida Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara oʻtkazdi. Tomonlar oʻzaro ishonchga asoslangan strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda davlat rahbari Berdimuhamedovni BMTning dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan mamlakatlar boʻyicha konferensiyasini yuksak saviyada tashkil etgani bilan tabrikladi. Suhbat davomida Samarqandda aprel oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosi, ikki tomonlama savdo, sanoat va transport sohalaridagi kooperatsiya, shuningdek, “Shovot–Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi loyihasi xususida soʻz yuritildi.
Yil boshidan buyon oʻzaro savdo hajmi 600 mln dollarga yetgani qayd etildi. Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda oʻtadigan yettinchi Maslahat uchrashuvi boʻyicha ham fikr almashildi.