Qidirish

10:56 / 2025-11-29 329 0 Siyosat

IIV tizimida Qo‘riqlash departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Prezident qaroriga ko‘ra, Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Qo‘riqlash departamenti sifatida qayta tashkil etildi va uning faoliyati zamonaviy texnologiyalar asosida samarali tashkil etiladi.

world-news

2025 yil 28 noyabrda qabul qilingan PQ–360-sonli qarorga ko‘ra, Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Qo‘riqlash departamenti sifatida qayta tashkil etildi.

Departament va uning bo‘linmalari quyidagi vazifalarni bajaradi:

Davlat, o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, ta’lim muassasalari, shaxsiy va yuridik shaxslar mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;

Qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat rejimlarini ta’minlash;

Qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.


2026 yil 1 yanvardan banklar, yirik korxonalar, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarda shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish