So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Prezident Jizzaxda yo‘l, AES va shaharsozlik loyihalari bilan tanishdi
Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi yo‘l o‘tkazgich, atom elektr stansiyasi qurilishi va shaharni zamonaviy qiyofaga keltirish bo‘yicha rejalar bilan tanishib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, zamonaviy yo‘l infratuzilmasi, atom energetikasi va shaharsozlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yo‘liga bog‘lash maqsadida qariyb 290 milliard so‘m sarflab, 700 metrlik yo‘l o‘tkazgich va 4 kilometrlik yangi avtomobil yo‘li qurildi. Yangi yo‘l kuniga 14 mingdan ortiq transport vositasini o‘tkazish imkoniga ega. Ilgari aholi shaharga kirib-chiqish uchun 25 kilometrlik aylanma yo‘ldan foydalangan bo‘lsa, endilikda bu masofa 4 kilometrgacha qisqardi va tirbandlik muammosi bartaraf etildi.
Metall konstruksiyalardan zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan ushbu o‘tkazgichning xizmat muddati 100 yilgacha baholanmoqda, bu esa an’anaviy temir-beton inshootlarga nisbatan ikki barobar ko‘pdir. Avvallari poyezdlar o‘tgan paytda avtomobillar temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolar edi, endilikda esa yangi o‘tkazgich tufayli tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va boshqa maxsus xizmatlarning harakati yengillashdi.
Shu yerning o‘zida davlat rahbariga Jizzax viloyatida barpo etilayotgan atom elektr stansiyasi loyihasi haqida ma’lumot berildi. Ayni paytda ikki ta kam quvvatli va ikki ta katta reaktordan iborat AES qurilishi boshlangan. Reaktor binolari uchun kotlovan qazish, qurilish-montaj bazasi uchun yer tekislash, betonlash va armatura o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Qurilishda ishlaydiganlar uchun vaqtinchalik turar joylar ham barpo etilgan.
AES uchun zarur qurilish materiallarini mahalliylashtirish, oliygohlarda sohaga oid kadrlar tayyorlashni kengaytirish va kelgusida bu yerda mehnat qiladigan mutaxassislar hamda ularning oilalari uchun AESdan 16 kilometr uzoqlikda, 10 ming kishiga mo‘ljallangan monoshaharcha qurish rejalari taqdim etildi. Unda barcha zarur ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish infratuzilmalari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Jizzax shahriga kirish qismini zamonaviy qiyofaga keltirish bo‘yicha master-reja va renovatsiya loyihalari bilan ham tanishdi. Dastur asosida eski uy-joylar o‘rnida yangi, xavfsiz va qulay turar joylar qurish, IT-markaz va hunarmandchilik markazi barpo etish, mavjud majmualarni rekonstruksiya qilish hamda gavjum ko‘chalarni tartibga keltirish rejalashtirilgan.
– Jizzaxga kelishimizdan maqsad – viloyatdagi yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va ularni ro‘yobga chiqarish. Bugungi Jizzax kechagi Jizzax emas. Imkoniyatlar bir necha barobarga oshdi. Bu salohiyatni aholi farovonligiga xizmat qiladigan aniq loyihalarga aylantirishimiz kerak, – dedi Prezident.
Taqdimotlar yakunida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.