So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Vodil sanatoriyasi atrofidagi savollar: Murojaatlar yechimsiz, tekshiruvlar shoshilinch, prokuratura tekshiruvi sud jarayoniga aralashuvmi: Vaziyatdan kim manfaatdor?
Vodildagi sanatoriya boʻyicha Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura, DXX, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Qonunchilik palatasiga yuborilgan bir nechta video va yozma murojaatlar qonuniy tarzda oʻrganilishi kutilgan edi. Biroq bu amaliy natija bermadi.
Aksiga olib, 24-noyabrda Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan №10.1/25-sonli taqdimnoma kiritildi. Unga asosan, 27-noyabrda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi B.Primqulovning buyrugʻi bilan Vodil bolalar silga qarshi kurashish sanatoriyasida xizmat tekshiruvi boshlandi. Tekshiruv 3-yillik hujjatlarni qamrab oldi va tadbirkor uning jarayonida ishtirok etish haqqini soʻradi.
Shu bilan birga, asosli savol tugʻiladi:
Sudda nizo yurib turgan bir vaqtda, nega prokuror “tadbirkor arizasi asosida” deb taqdimnoma kiritib, xizmat tekshiruvini boshlatdi?
Bu holat Prokuratura toʻgʻrisidagi qonun, Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun va maʼmuriy jarayonlar hamda manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi meʼyorlarga zid kelish ehtimolini kuchaytiradi. Sud jarayoni davom etayotganda maʼmuriy organlarning shoshilinch harakatlari xolislik tamoyiliga shubha tugʻdiradi.
2025-yil sentyabrdan buyon sanatoriyada 130 dan ortiq xodim mehnat huquqlari buzilayotgani, ish sharoitlari yomonlashgani, bolalar xavfsizligi taʼminlanmayotgani yuzasidan bir necha markaziy idoralarga murojaat qilingan. Biroq haligacha Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura yoki sohaviy idoralar tomonidan murojaatlarning xolis oʻrganilgani boʻyicha amaliy natija koʻrinmayapti.
Murojaatlar faqat “qabul qilindi” degan ijro xatlarida qolmoqda. Bu esa “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 10-, 12-, 17–22-moddalari talablari buzilayotganini koʻrsatadi.
Asosiy savollar hali ham ochiq qolmoqda:
- Nega yuborilgan murojaatlar boʻyicha oʻz vaqtida javob xatlari berilmayapti?
- Nega oʻrganishlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayapti?
- Nega bolalar va xodimlar huquqlarining daxlsizligi kafolatlanmayapti?
Konstitutsiyaning 26-, 37-, 43-, 64-moddalarida inson qadri, mehnat huquqlari va bolalar himoyasiga oid kafolatlar aniq belgilab qoʻyilgan boʻlsada, amalda mazkur huquqlar buzilishi yuzasidan xolis va manzilli oʻrganish kuzatilmayapti.
Bu vaziyatdan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni shoshilinch amalga oshirish zarur:
- Barcha murojaatlar boʻyicha xolis, shaffof va mustaqil oʻrganishni tashkil etish.
- Prokuratura taqdimnomasi asosida oʻtkazilayotgan tekshiruvning manfaatlar toʻqnashuviga oid jihatlarini baholash.
- 130 dan ortiq xodimlar va sanatoriya tarbiyalanuvchilarining huquqlari buzilishi boʻyicha alohida komissiya tuzish.
- Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va javob xatlari tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
- Sud jarayoniga maʼmuriy bosim sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan harakatlarni toʻxtatish.
