So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Unga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlarda o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqalari ham eʼtirof etilgan.
“Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga samimiy qabul va ochiq hamda ishonchli ruhda o‘tgan mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik izhor etaman.
Uchrashuvda xalqlarimizni o‘zaro ishonch va hurmat asosida taraqqiyot va farovonlikka intilish birlashtirayotgani alohida taʼkidlandi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan eng yaqin qo‘shni va strategik hamkor sifatida munosabatlarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.
Chegara masalalari bo‘yicha muvaffaqiyatli kelishuvlar, milliy ID hujjatlarini o‘zaro tan olish, qo‘shma korxonalar hamda Qambarota GES-1 va Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li kabi yirik umumiy loyihalar buning yaqqol tasdig‘idir.
Uchrashuvda mamlakatlarimizda o‘tkazilayotgan ‘Zakovat’ intellektual o‘yini musobaqalari ham eʼtirof etildi. Bu loyiha yoshlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan juda samarali tashabbus sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonni asrlar davomida shakllangan qardoshlik va qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. Biz ularni qadrlaymiz va kelgusida yanada mustahkamlaymiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva Zayed insoniyat birodarligi mukofoti hakamlar hayʼati aʼzolari tarkibiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.