Qidirish

21:19 / 2025-09-13 810 0 Jamiyat

Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi «LGN Metal» korxonasida sodir bo‘lgan portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish ishlari boshlandi.

world-news

2025-yil 11-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyati Ili tumani Bayserke qishlog‘ida joylashgan «LGN Metal» korxonasida sodir bo‘lgan portlash natijasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Hodisa yuzasidan Ili tumani politsiyasi tomonidan mehnat muhofazasi qoidalarini buzish ortidan inson o‘limiga sabab bo‘lganlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi. Shuningdek, marhumlarning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududiy Migratsiya agentliklari mas’ul xodimlari biriktirilgan.

Qozog‘iston tomoni bilan tergov jarayonida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Migratsiya agentligi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Fikr bildirish