So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rov natijalariga ko‘ra, tadbirkorlik muhitida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Tadbirkorlarning 37 foizi so‘nggi uch oyda biznesi yaxshilanganini aytgan bo‘lsa, 69 foizi yaqin kelajakda yanada ijobiy natijalar kutmoqda. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganidan dalolat bermoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 37 foizi so‘nggi uch oy davomida biznes holati yaxshilanganini ma’lum qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning avgust oyida qayd etilgan natijalarga nisbatan 8 foiz bandga yuqori hisoblanadi.
Eng muhim jihat — tadbirkorlarning 69 foizi yaqin oylarda o‘z faoliyatida yanada ijobiy o‘zgarishlar kutmoqda. Solishtirish uchun, 2024 yil avgust oyida bu ko‘rsatkich 61 foiz darajasida bo‘lgan. Bu esa tadbirkorlik salohiyatiga bo‘lgan ishonch oshib borayotganini anglatadi.
ITIM tahlillarida qayd etilishicha, mamlakatda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shakllanmoqda. Jumladan, bandlik sohasida ijobiy kutilmalar, ichki talabning o‘sishi, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qurilish tarmoqlarining mustahkamlanishi iqtisodiy o‘sish uchun zarur zamin yaratmoqda. Ayrim sohalardagi qisqa muddatli tuzatishlarga qaramay, tadbirkorlar kelajakka ishonch bilan qaramoqda.
Tahlilchilarning fikricha, bu holat xorijiy va mahalliy investorlar uchun muhim signal hisoblanadi. Biznes muhitining ijobiy dinamikasi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydigan asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston biznes muhiti indeksi sanoatning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan 1000 dan ortiq korxona rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan so‘rovlar asosida shakllantiriladi. Indeksni hisoblashda ishlab chiqarish hajmi, bozor talabi, narxlar o‘zgarishi va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Ushbu metodologiya Germaniyaning IFO instituti tajribasi asosida joriy etilgan.
Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Muallif: Zohidjon Gaipov, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligi va investitsion faollikni o‘rganish shuʼbasi