So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Prezident odil sudlovni taʼminlash boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Soʻnggi yillarda bu soha izchil isloh qilinib, sudlar jazolovchi organdan inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga aylantirildi.
Jumladan, maʼmuriy sudlar tashkil etildi. Maishiy zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan samarali choralar koʻrildi. Oilaviy masalalarga ixtisoslashgan sudyalar korpusi yaratildi. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha alohida sudlov tarkibi takshil etildi.
Bu kabi islohotlarni fuqarolar oʻz hayotida sezmoqda, xorijiy ekspertlar muhim qadam sifatida eʼtirof etmoqda.
Shu bilan birga, sudlovning ochiqligi va xalqchilligini taʼminlash, raqamlashtirish orqali odamlarga qulaylik yaratish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha koʻp masalalar oʻz yechimini kutmoqda.
Taqdimotda bu boradagi rejalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqildi va uni izchil amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu korrupsiyaning oldini olish, fuqarolar va tadbirkorlarga ovoragarchiliksiz odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tahlillarga koʻra, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda koʻriladigan daʼvolarning katta qismi nizosiz ishlarga toʻgʻri kelmoqda. Shu bois bunday masalalarni maʼmuriy organlar vakolatiga oʻtkazish taklif etilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari muammolarining qisqa muddatda hal etilishini taʼminlaydi.
Yana bir qulaylik – maʼmuriy va iqtisodiy sud ishlarini eksterritorial tarzda koʻrish tartibini joriy etish. Bugungi raqamli texnologiyalar asrida buning imkoni bor.
Adolat va ishonchni taʼminlashda sudyalik lavozimining barqarorligi muhim. Shu maqsadda sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.
Barcha yoʻnalishdagi sudlar boʻyicha mintaqaviy taftish sudlarini tashkil etish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlardagi taftish instansiyalarini tugatish taklifi bildirildi. Bunda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi boʻlishi, taftish instansiyasi esa 5 ta mintaqaviy sudda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Yana bir muhim masala – sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishdir. Shu maqsadda Sudyalar oliy maktabini isloh etib, uning negizida Odil sudlov akademiyasini tashkil etish konsepsiyasi taqdimot qilindi.
Davlatimiz rahbari bildirilgan takliflarni maʼqullab, tegishli farmonlarni imzoladi. Rejalashtirilgan vazifalar ijrosini tizimli va sifatli taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.