So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
«U yaxshi ish qildi.« Oq uydagi uchrashuvidan keyin Tramp Baydenni maqtadi
Donald Tramp va Jo Bayden kutilmaganda iliq uchrashuv oʻtkazdi.
AQSHning boʻlajak prezidenti Tramp Oq uyda Bayden yakkama-yakka uchrashuvdan soʻng, “New York Post” suhbat tafsilotlarini aytib berdi. Avvalo, Trampning soʻzlariga koʻra, ular hokimiyatning silliq oʻtishini va muhim xalqaro masalalarni muhokama qilishgan.
Bayden Oval kabinetda Trampni “Xush kelibsiz” deb kutib olgan. U bunga javoban Baydenga hokimiyatni topshirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Trampning soʻzlariga koʻra, suhbat samarali va doʻstona ruhda oʻtgan, ikkala jamoa ham “juda yaxshi munosabatlar” muhitida ishlamoqda.
Suhbatning asosiy mavzulari Tramp prezidentlikka kelganidan soʻng darhol tugatishga vaʼda bergan Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi mojaro boʻldi.
“Men uning fikrini soʻradim va u bilan rejalarimizni boʻlishdik”, dedi Tramp.
Trampning Baydenga aytgan maqtov soʻzlari, ayniqsa, kutilmagan boʻldi.
“U kampaniya va boshqa hamma narsada yaxshi ish qildi”, dedi Tramp.
Bundan tashqari, Tramp kelasi yilning 20-yanvar kuni inauguratsiyadan oldin Bayden bilan yana Oval kabinetda uchrashishini aytdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir