So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Tramp Maskni vazir etib tayinladi. Yetmaganiga u teleboshlovchini Mudofaa vaziri qilmoqchi
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp oʻzining yangi maʼmuriyatida birinchi tayinlovlarni eʼlon qildi.
Ilon Mask va biznesmen Vivek Ramasvami yangi hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqaradi. Ularning maqsadi AQSHda “katta tarkibiy islohot”ni joriy etish orqali “davlat byurokratiyasini olib tashlash, ortiqcha tartibga solishni qisqartirish, behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish va federal agentliklarni qayta qurish” boʻladi.
AQSH Mudofaa vaziri lavozimini Iroq va Afgʻonistondagi urushlar faxriysi Pit Xegset egallaydi. U soʻnggi yillarda Fox News telekanalida teleboshlovchi boʻlib ishlagan.
Kongressmen Mayk Vals (Florida shtatidan respublikachi va AQSH harbiy-havo kuchlarining sobiq zobiti) Prezidentning milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha yordamchisi etib tayinlandi.
Respublikachi senator Marko Rubio katta ehtimol bilan AQSH Davlat kotibi boʻladi. Bu haqda rasman eʼlon qilinmagan, biroq Amerikaning bir qancha nashrlari va telekanallari manbalari xabar bermoqda.
AQSH Milliy razvedkaning sobiq direktori Jon Retkliff Markaziy razvedka boshqarmasiga rahbarlik qiladi.
AQSHning Isroildagi elchisi lavozimiga Arkanzas shtatining sobiq gubernatori, respublikachi Mayk Xakkabi nomzodi ilgari surildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir