So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Ukrainada saylov boʻlishi mumkin. Zelenskiyaga kim raqiblik qiladi?
Ukrainada ehtimoliy prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlandi. Ehtimoliy sana 2025-yil 25-may. Bu haqda oʻz manbalariga tayanib, “The Economist” nashri yozdi.

Manbalarga koʻra, viloyat saylov shtablari ish boshlagan va nomzodlar roʻyxatini tuzmoqda. Amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyning potensial raqiblarining vakillari mamlakatga saylovlar kerak, deb hisoblashadi. Biroq “davlat rahbari idorasining keskin munosabati boʻlishi mumkinligi” sababli bu mavzuda ochiq gapirishdan qoʻrqishadi.
Yopiq ichki soʻrovlarga koʻra, Zelenskiyning mashhurligi sezilarli darajada pasaygan va hozirgi vaziyatda amaldagi prezident bu saylovda yutqazgan boʻlardi.
Jamiyat endi uni urush davrining taniqli yetakchisi sifatida qabul qilmayapti, deya qayd etadi nashr. Zelenskiyning raqibi rolidagi asosiy favorit Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy hisoblanadi. U hozirda Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimini egallab turibdi. Uning siyosiy ambitsiyalari haligacha noaniq boʻlsada, koʻpchilik uni prezidentlikka potensial nomzod sifatida koʻrmoqda, deya aniqlik kiritadi nashr.
Amaldagi prezidentning sobiq jamoadoshia Zalujniy Zelenskiy qabul qilishi mumkin boʻlgan eng toʻgʻri qaror isteʼfoga chiqish va faqat bir muddat prezidentlik qilish haqidagi dastlabki vaʼdasini bajarishdir, deb hisoblaydi.



