Qidirish

16:42 / 2024-11-12 150 0 Siyosat

"Reuters": Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda

Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytib kelar ekan, Ukraina yetakchilari muzokaralarda oʻzlarini kuchli mavqega qoʻyish uchun harbiy yordamni koʻpaytirish va front chiziqlaridagi pozitsiyalarni kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

world-news

Donald Trampning AQSH prezidentligi saylovidagi gʻalabasi fonida Ukraina rahbariyati Rossiya bilan boʻlajak tinchlik muzokaralarida oʻzining boshlangʻich pozitsiyasini mustahkamlash uchun qoʻshimcha qurol-yarogʻlarni olishga va jang maydonidagi pozitsiyalarini saqlab qolishga eʼtibor qaratmoqda. Tramp hokimiyatga kelsa, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini “24 soat ichida” tugatishga vaʼda bergan edi.

“Kelgusi toʻrt-besh oy urushda hal qiluvchi boʻladi. Bu qish juda muhim vaqt... Umid qilamanki, urush nihoyasiga yetyapti, endi biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyasini aniqlaymiz”, degan “Reuters” agentligiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ukrainalik yuqori martabali amaldor.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Kiyev endi Trampning yangi maʼmuriyatining Ukrainaga nisbatan qanday siyosat olib borish niyatida ekanligini tushunish uchun asosiy lavozimlarga tayinlanishlarni kutmoqda.

«Reuters» suhbatdoshining tan olishicha, AQSHning yangi prezidenti lavozimga kirishganidan keyin Kiyevga yordamni qisqartirishi xavfi bor.
“Umid qilamanki, Bayden maʼmuriyati yordam koʻrsatish tezligini tezlashtirish orqali bu xavfdan qochishga harakat qiladi”, dedi u.

Tramp va Putin oʻrtasidagi taxminiy suhbat

Amerikaning “The Washington Post” gazetasi 10-noyabr kuni Tramp va Putinning 7-noyabr kuni boʻlib oʻtgan telefon suhbati haqida xabar berdi. Nashr suhbatdoshlariga koʻra, Oq uyning sobiq rahbari Rossiya prezidentiga Ukrainadagi urushni kuchaytirmaslikni maslahat bergan va AQSHning Yevropada muhim harbiy qisimlari mavjudligini eslatgan.

Biroq, Kreml suhbat boʻlib oʻtganini keskin rad etdi. “Bu gʻirt fantastika. Shunchaki yolgʻon maʼlumot”, degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Tramp Zelenskiyga qoʻngʻiroq qildi. Kiyev prezidentlar uchrashuviga tayyorgarlik koʻrmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan soʻng Donald Tramp bilan suhbatlashgani haqida maʼlum qildi. U amerikalik siyosatchi bilan suhbatni “ajoyib” deb atagan.

“Axios” maʼlumotlariga koʻra, ushbu qoʻngʻiroq paytida Trampni qoʻllab-quvvatlovchi amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham ishtirok etgan. Mask Ukrainaga “Starlink” tizimiga kirishni taʼminlash orqali uni qoʻllab-quvvatlashda davom etishiga vaʼda beragan.

9-noyabr kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Zelenskiy va Tramp jamoalari siyosatchilar uchrashuviga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qildi. Sibiga Ukraina prezidenti birinchilardan boʻlib AQSHning sobiq prezidentini saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklagani, Kiyev kelajakda umid qiladigan davlatlar rahbarlari oʻrtasida bevosita aloqa borligini taʼkidlagan.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Zelenskiy va Tramp oʻrtasidagi uchrashuv qachon boʻlishi mumkinligini aytmadi, biroq uning soʻzlariga koʻra, har ikki tomonning jamoalari tadbirga tayyorgarlikni boshlashga kelishib olgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish