So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Mirziyoyev Bokuga yetib bordi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturida Oʻzbekiston yetakchisining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Mamlakatimiz Prezidenti, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.
COP29 doirasida delegatsiyamiz tomonidan yerlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanishga qarshi kurashish, ekologik taʼlimni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning oʻrniga bagʻishlangan yuqori darajadagi tadbirlar oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining maxsus tashkil etilgan Milliy pavilyonida Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, bioxilma-xillikni asrash va boshqa yoʻnalishlarda 20 dan ortiq qoʻshimcha tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir