So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Mirziyoyev Saudiya valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan Yaqin Sharqdagi mojaroni muhokama qildi
Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Saudiya koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit oʻz vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar soni oshib bormoqda.
«Yashil« energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xoʻjaligi, sanoatda yangi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan 2025-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan «Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi« muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga joʻnab ketdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir