So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Tramp va Putin nimalarni muhokama qildi? Tramp Ukrainadagi urushni tugata oladimi?
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-noyabr, payshanba kuni telefon orqali muloqot qilishdi, deb yozdi The Washington Post oʻz manbalariga tayanib.
Ularning taʼkidlashicha, telefon suhbati chogʻida Tramp Putinni “Ukrainadagi urushni kuchaytirmaslikka” chaqirgan va unga Yevropada AQSh qoʻshinlarining “sezilarli darajada mavjudligini” eslatgan.
Shuningdek, Tramp va Putin Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mumkin boʻlgan tinchlik kelishuvini muhokama qilgan va AQSh prezidenti mojaroni hal qilish boʻyicha keyingi muzokaralarga qiziqish bildirgan.
WP suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, “shaxsiy suhbatlar”da Tramp Rossiya bosib olingan hududning bir qismini saqlab qolishi haqidagi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashini aniq aytgan. Aytilishicha, bu masala telefon suhbatida “qisqacha” muhokama qilingan.
Ukraina hukumati Putin va Tramp oʻrtasidagi qoʻngʻiroq haqida xabardor qilingan va suhbat boʻlishiga eʼtiroz bildirmagan, dedi WPʼning vaziyatdan xabardor ikki manbasi.
Ularning soʻzlariga koʻra, Kiyevdagi rasmiylar Tramp Putin bilan Ukrainadagi diplomatik kelishuv boʻyicha hamkorlik qilishini anchadan beri tushungan.
Jurnalistlar Dmitriy Peskovga, shuningdek, Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasiga soʻrov yuborishdi, biroq javob ololmadi.
WP xabariga koʻra, Putin va Tramp oʻrtasidagi suhbat boʻlib oʻtgan kuni Rossiya prezidenti “Valday” muhokama klubi yigʻilishida ishtirok etgan. U Trampni saylovdagi gʻalabasi bilan ommaviy ravishda tabrikladi. Rossiya prezidenti AQShning saylangan rahbari bilan aloqalarni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi.
Tramp matbuot orqali Putin bilan ham gaplashishga tayyorligini va bu suhbat tez orada amalga oshishini eʼlon qilgan edi.
Trampning soʻzlariga koʻra, saylovda gʻalaba qozonganidan beri u dunyo yetakchilari bilan 70 ga yaqin telefon orqali muloqot qilgan. Jumladan, 6-noyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan.
“Axios” maʼlumotlariga koʻra, bu suhbatga Trampning saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan Tesla, SpaceX va X kompaniyalari rahbari Ilon Mask ham qoʻshilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dimitriy Peskov Putin va Tramp oʻrtasida muloqot boʻlganini rad etgan.