So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Saudiya Arabistoni kompaniyalari Oʻzbekistonga 2,5 milliard dollarlik investitsiya kiritadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, Oʻzbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi, kooperatsiya koʻlami va aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Joriy yil yakuni bilan yurtimizga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 milliard dollarlik investitsiyalari jalb etilishi kutilmoqda.
“Yashil” energetika, sogʻliqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik va suv taʼminoti, qishloq va uy-joy kommunal xoʻjaligi kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish zarurligi qayd etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir