So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Ar-Riyod shahrida oʻtkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.

Qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va «yashil« energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston energetika sohasini toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi “ACWA Power” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Mamlakatimiz hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, «yashil« vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.



