So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Tramp prezidentlikka kirishmasdan turib, dunyoga taʼsir oʻtkazmoqda
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uy boshqaruvini faqat 2025-yilning 20-yanvarida egallaydi. Biroq u hozirdanoq xalqaro munosabatlarga, xususan, Ukraina va Isroilga taʼsir oʻtkazmoqda. Bu fikrni “Bloomberg” agentligi bildirgan.

Tramp maʼmuriyati sobiq amaldorlaridan birining soʻzlariga koʻra, boʻlajak prezident xalqaro munosabatlarni qaytadan koʻrib chiqadi. Chunki u hozirgi Amerika yetakchisi Jo Baydendan qattiqqoʻlroq hisoblanadi.
Shu sababli, AQSH muxoliflari oʻz siyosatlarini oldindan oʻzgartirishni boshlashlari mumkin, deya qayd etadi nashr.
Baʼzi mamlakatlarda yangi maʼmuriyat “qasos olish” qoʻrquviga asoslanadi. Boshqalari esa Bayden prezidentlikdan ketguniga qadar vaqtdan foydalanishga harakat qiladi.
Ukraina va Isroil Amerika maʼmuriyatining boʻlajak oʻzgarishiga eng sezgir boʻladi, deb hisoblaydi Bloomberg.
Vashington Atlantika Kengashi eksperti Shelbi Magid Trampning gʻalabasi “Ukrainaning ritorikasini va muzokaralar haqidagi qarashlarini oʻzgartirdi”, deb hisoblaydi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina “Tramp gʻalabasidan soʻng muzokaralar haqiqat ekanligini tan olishga intilmoqda”.
Isroilga kelsak, AQSH vitse-prezidenti Kamala Harrisning gʻalabasi yahudiy bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni inauguratsiya oldidan biroz yon bosishga undashi mumkin edi. Trampning gʻalabasi esa Yaqin Sharqdagi mojaroga yondashuvida “bosh vazirning qarashlarini mustahkamladi”, deb yozadi “Bloomberg”.
Respublikachi Tramp 5-noyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda raqibi Demokratik partiya vakili Harrisni magʻlub etdi. Bundan tashqari, respublikachilar AQSH Senati ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olishga muvaffaq boʻldi. Hozirda mavjud maʼlumotlarga koʻra, respublikachilar Vakillar palatasida koʻpchilik oʻrinni qoʻlga kiritishi mumkin. Xarris 2021-yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Tramp 2025-yil 20-yanvarda inauguratsiyadan keyin hokimiyatga keladi.



