So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Tramp va Putin o’zaro suhbatga qarshi emas
AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp hali Vladimir Putin bilan gaplashgani yo‘q, biroq bu sodir bo‘lishini istisno etmayapti. Avvalroq Putin Trampga qo‘ng‘iroq qilishga qarshi emasligini aytgandi.

AQSh Respublikachilar partiyasi a’zosi Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan hozircha muloqot qilmagan, biroq bu sodir bo‘lishini istisno etmayapti.
“Oʻylaymanki, biz gaplashamiz”, dedi Tramp 7 noyabr kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, saylovlarning dastlabki natijalari sarhisob qilinganidan beri u “ehtimol” 70 nafar dunyo yetakchilari, jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan. U Zelenskiy bilan suhbat tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Putin ham Tramp bilan gaplashishga qarshi emas. Putin 7 noyabr kuni Valday forumida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQShning saylangan prezidentini chaqirishga qarshi emasligini ma’lum qilgandi. "Men buni qilmayman, chunki G'arb davlatlari rahbarlari deyarli har hafta qaysidir bosqichda menga qo'ng'iroq qilishdi va keyin birdan to'xtab qolishdi", degan u.
Xuddi shu tadbirda Putin Donald Trampni saylangani bilan tabrikladi va Kreml “Amerika xalqi ishonadigan har qanday davlat rahbari bilan hamkorlik qilishga” tayyorligini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp 2016-2020-yillardagi birinchi prezidentlik davrida “qo‘shimcha qadam tashlashdan, ortiqcha so‘z aytishdan” qo‘rqqan, biroq unga qilingan suiqasd paytida jasorat ko‘rsatgan.



