So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Tramp Netanyaxudan vositachilar orqali Gʻazo sektoridagi gʻalabani eʼlon qilishni soʻrashi mumkin
Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxudan Gʻazo sektoridagi gʻalabani eʼlon qilishni va oʻt ochishni toʻxtatishga vositachilik qilishni soʻrashi mumkin. Bu haqda CNN isroillik sobiq diplomatga tayanib xabar berdi.
“U aytadi: tugat, menga bu kerak emas”, — dedi sobiq diplomat Tramp haqida gapirar ekan.
Uning qoʻshimcha qilishicha, respublikachi, ehtimol, Isroil hukumati rahbaridan “gʻalabani eʼlon qilishni” va keyin kelishuvga vositachilik qilishni soʻraydi.
Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni saylovda gʻalaba qozonsa, Oq uyga qaytishidan oldin Gʻazo sektoridagi urushni tugatishga chaqirishi ehtimoli oldindan mavjud edi. Bu haqda u isroillik hamkasbi bilan suhbatlaridan birida aytgan.
Trampning taʼkidlashicha, Isroil Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning koʻrsatmalariga eʼtibor bermagani tufayli har jabhada muvaffaqiyat qozonmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga hujum chogʻida respublikaning butun strategik mudofaa salohiyatini yoʻq qilgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa akkumulyatorlarining asosiy zarari Tehron va Gʻarbiy Eronda qayd etilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir