So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Barak Obama Trampni saylovdagi gʻalaba bilan tabrikladi
Barak Obama Donald Trampning saylovdagi gʻalabasi Demokratik partiya kutgan “natija” emasligini tan oldi va hokimiyat tinch yoʻl bilan oʻtkazilishi muhimligini taʼkidladi.
AQSHning sobiq prezidenti, demokrat Barak Obama respublikachi Donald Trampni prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi.
Shu bilan birga, Obama rafiqasi Mishel bilan saylovoldi kampaniyasida Demokratik partiyadagi maslakdoshi Kamala Harrisni faol qoʻllab-quvvatlagani, hokimiyatning tinch yoʻl bilan oʻtkazilishi muhimligini taʼkidlagan.
“Ochigʻi, bu biz kutgan natija emas. Lekin demokratiyada yashash bizning pozitsiyamiz har doim ham gʻalaba qozonmasligini qabul qila olish va hokimiyatning tinch yoʻl bilan oʻtkazilishiga rozi boʻlishni ham anglatadi”, degan sobiq prezident.
Barak Obama AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Xarris va uning hamkasbi Tim Valsni ajoyib kampaniyani boshqarganini aytdi.
Harrisning oʻzi ham 6-noyabr kuni Trampga qoʻngʻiroq qilib, uni gʻalabasi bilan tabriklagan. Shu bilan birga, u hokimiyatning tinch yoʻl bilan almashishi muhimligini va prezident sifatida barcha amerikaliklarning manfaatlarini hisobga olish zarurligini urgʻulagan. Demokrat “barcha odamlar uchun erkinlik, imkoniyat, adolat va qadr-qimmat uchun hamda Amerika xalqining qalbini tashkil etuvchi ideallar uchun” kurashni toʻxtatmasligini qoʻshimcha qilgan.
Tramp davlat lavozimlariga nomzodlarni tanlamoqda
Ayni paytda Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasi 7-noyabrga oʻtar kechasi yaqin haftalarda hukumat lavozimlariga nomzodlar toʻgʻrisida qaror qabul qilishini maʼlum qildi. Ular saylangan prezident rahbarligida ishlaydi va “amerikaliklarning hayotini moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz qiladigan” siyosatni amalga oshiradi, deyiladi shtab-kvartira bayonotida.
Respublikachilar Kongressning har ikki palatasida 2021-yildan beri birinchi marta Senatda koʻpchilikni qoʻlga kiritishi kutilmoqda.