So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi etib saylandi. Farhod Ermanov Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi
Bugun, 6-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada deputatlar, jamoatchilik vakillari, vazirlik, idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishmoqda.
Aytish joiz, 30-oktyabr kuni eʼlon qilingan Joʻqorgʻi Kengesga saylov natijalariga koʻra, deputatlar tarkibi 63 foizga yangilandi.
Kun tartibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Deputatlar bu boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.
Bundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisini saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining birinchi sessiyasida saylangan Oqsoqollar kengashining majlisi oʻtkazilib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi lavozimiga 57-sonli “Berdaq” saylov okrugidan deputat Orыnbayev Amanbay Tleubayevich nomzodi tavsiya etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan sessiyada yashirin ovoz berish yoʻli bilan 57-sonli “Berdaq” saylov okrugidan deputat Orыnbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi etib saylandi. Deputatlar bu boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.
Bundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga F.Ermanov nomzodi taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda sessiyada F.Ermanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi etib tayinlandi. Deputatlar bu boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir