So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi
Bugun 6-noyabr kuni Bishkek shahrida oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi koʻlami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qoʻqon shahrida birinchi Hududlar forumi oʻtkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qoʻshma madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida taʼkidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir