So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
4-noyabrdan 8-noyabrgacha Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
Bugun, 4-noyabr kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida noyabr oyining boshi uchun deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 20-25o iliq atrofida boʻladi. Faqat respublika shimolida havo harorati 8-13o iliqqacha pasayadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ertadan respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo harorati asta–sekin pasyishi boshlanadi.
Havo harorati 5-noyabrda kunduzi 13-18o iliq, 6-noyabrda 10-15o iliq atrofida boʻladi, 7-8-noyabrda esa harorat 5-10o iliqqacha pasayadi.
Kechalari sovuq boʻladi. Respublika hududining katta qismida 7-8-noyabr kunlari harorat kechalari 0-5o iliqqacha, baʼzi joylarda 2o sovuqqacha, Ustyurtda 3-4o sovuqqacha pasayadi.
5-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
7-8-noyabrda hududning katta qismida yomgʻir kuzatilmaydi. 7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Fargʻona vodiysida, shuningdek, 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Shimolda yomgʻir va hoʻl qor koʻrinishidagi aralash yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli bor.
Togʻlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi), 5-6-noyabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-8-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.
Poytaxtimizda: bugun, 4-noyabrda kechga tomon yomgʻir yogʻadi,
5-6-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 7-8-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5-noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 23-25o iliq, 5-noyabrda 15-17o iliq,
6-noyabrda 10-12o iliq, 7-8-noyabrda 7-10o iliq boʻladi.
5-6-noyabrda kechalari 10-12o iliq, 7-noyabrda 4-6o iliq, 8-noyabrda 0-3o iliq boʻladi.



