So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Mayya Sandu ikkinchi muddatga Moldova prezidenti etib saylandi
Moldovaning amaldagi rahbari Mayya Sandu respublika prezidentligiga saylovining ikkinchi bosqichida 55,22 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 99,46 foizini sanab chiqqan.
Oʻz navbatida, uning raqibi, muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasidan nomzod Aleksandr Stoyanoglo 44,78% ovoz toʻplagan. U respublikaning oʻzida 51,19 foiz ovoz bilan gʻolib chiqqan.
Moldova shimoli va janubi aholisining aksariyati Sandu rejimi tomonidan ishdan boʻshatilgan sobiq bosh prokuror uchun ovoz bergan. Mamlakatning markaziy qismidagi aholi asosan amaldagi prezidentni qoʻllab-quvvatlagan. Xususan, ikkinchi yirik shahar Balti aholisi Stoyanogloga, Kishinyov aholisining aksariyati (57,35%) esa Sanduga ovoz bergan.
Sobiq bosh prokuror oʻz vatani Gagauziyada ham mutlaq ustunlik bilan yetakchilik qilgan. U yerdagi protokollarning 85,29 foizi sanab chiqilgach, u 95,85 foiz ovoz olgan. Uning raqibi Mayya bor-yoʻgʻi 4,15% ovoz toʻplagan.
Dnestrovedagi saylov uchastkalarida ham Stoyanoglo barcha protokollarni qayta ishlagandan soʻng 79,4% ovoz toʻplagan. Sanduni faqat 20,6% saylovchilar qoʻllab-quvvatlagan.
Xorijdagi saylov uchastkalarida protokollarning 7,87 foizi koʻrib chiqilgach, amaldagi prezident 74,13 foiz, Stoyanoglo esa 25,87 foiz ovozga ega chiqqan.
Saylovning birinchi bosqichida Sandu 42,45 foiz, Stoyanoglo 25,98 foiz ovoz olgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir