So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Kamala Harris AQSH prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berdi
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris mamlakatda 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan umumiy saylovda muddatidan oldin ovoz berdi.
“Men hozirgina pochta orqali ovoz berish byulletenimni toʻldirdim”, dedi vitse-prezident Michigandagi jurnalistlarga. Eshittirish Amerika telekompaniyalari tomonidan amalga oshirildi.
“Mening saylov byulletenim allaqachon Kaliforniyaga joʻnab ketdi. Ovozim u yerga yetkazilishiga ishonaman”, deya qoʻshimcha qildi siyosatchi.
Gʻazo sektoridagi vaziyat haqida gapirar ekan, u yana jangovar harakatlarni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi.
Qoʻshma Shtatlarda navbatdagi umumiy saylovlar 5-noyabrda boʻlib oʻtadi. Donald Tramp va Harris davlat rahbari lavozimi uchun kurashadi. Tramp Amerikaning 45 prezidenti boʻlgan va 2017-2021-yillarda lavozimda edi.
U 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazdi va endi Oq uyga qaytishga harakat qilmoqda. Harris 2021-yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Florida shtati universiteti maʼlumotlariga koʻra, saylovda 75 milliondan ortiq Amerika fuqarosi muddatidan oldin ovoz bergan.