So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Saida Mirziyoyeva Qatar va Marokash malikalari birgalikda moda marosimining taqdirlashida qatnashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar va Marokash malikalari bilan “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi. U bu haqda oʻzining Telegramdagi sahifasida xabar berdi.
“Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy hazrati oliyalarining taklifiga binoan Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdim. Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu nufuzli tadbir kreativ industriya xalqaro maydonda oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etayotganining yorqin namunasi boʻldi”, degan Mirziyoyeva.
Marosimda qatnashish moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi boʻlish imkonini berdi.
Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondoʻstligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa unutilmas taassurotlarga boy ushbu kunlarni baham koʻrgani uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman.