So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Bayden Livandagi urushni toʻxtatish uchun yordamchilarini Isroilga joʻnatdi
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Jo Baydenning ikki katta maslahatchisi Eymos Xokstin va Brett Makgyork Livandagi urushga barham beradigan va koʻchirilgan tinch aholining uylariga qaytishiga imkon beruvchi kelishuvga erishish uchun Isroilga keldi. Bu haqda Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning ishonch bildirishicha, Isroil va Amerika rasmiylari “Isroil va Hizbulloh harakati oʻrtasidagi urushni toʻxtatuvchi kelishuvga bir necha hafta ichida erishilishi mumkin”, deya taʼkidlangan.
Mumkin boʻlgan kelishuvlar oʻt ochishni toʻxtatish, keyin esa 60 kunlik oʻtish davrini eʼlon qilishni oʻz ichiga oladi.
Axiosning qayd etishicha, Xokstin va Makgyork Isroil bunday kelishuv bilan oldinga borishga tayyorligini bildirganidan keyin safarga joʻnab ketgan.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galantga Hizbulloh bilan urushni toʻxtatish va Livandagi urushga botib qolmaslik uchun diplomatik yoʻl izlashni maslahat bergan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir