Qidirish

21:40 / 2024-10-29 163 0 Siyosat

Tramp boshini yana muammo tiqdi. Undan uzr soʻrashini talab qilishmoqda

San-Xuan-de-Puerto-Riko arxiyepiskopi Roberto Gonsales Nieves Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Trampni shaxsan uzr soʻrashga chaqirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

world-news

Gap shundaki 27-oktyabr kuni Tramp Nyu-Yorkdagi Madison Square Gardenda saylovchilar bilan uchrashdi. Mitingda komik Toni Xinchkliff ham qatnashgan. Toni oʻz nutqida Puerto-Rikoni “suzuvchi axlat oroli” deb atadgan.

Donaldning saylov oldi kompaniyasi Kill Tonining fikrlari sobiq prezidentning qarshlarini aks etirmasligini bildirgan. Trampning oʻzi ushbu masala boʻyicha hech qanday izoh berganicha yoʻq.

Komediyachining fikrlari ham demokratlar, ham respublikachilar tomonidan qattiq tanqid qilindi.

“Puerto-Riko suzuvchi axlat oroli emas, Puerto-Riko ajoyib va ​​olijanob odamlar yashaydigan goʻzal mamlakat”, deb yozgan Roberto Gonsales Nievis ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maktubida.

Arxiyepiskop yaxshi hazilni yoqtirishini aytgan. Lekin hazilning chegarasi bor va odamlarni xafa qilmasligi yoki kamsitmasligi kerak.

“Men sizni, janob Tramp, sizning shaxsiy yoki siyosiy qarashlaringizni hech qanday tarzda aks ettirmaydigan ushbu izohlarni rad etishga chaqiraman. Kampaniyangiz uchun kechirim soʻrashning oʻzi yetarli emas. Shaxsan kechirim soʻrashingiz muhim”, deya qoʻshimcha qilgan u.

Donald Trampning eng shov-shuvli tadbirlaridan birida komediyachining notoʻgʻri tanlangan hazillari sobiq prezidentni bezovta qiluvchi chalgʻituvchi narsaga aylandi.

Donald Trampning yakshanba kuni boʻlib oʻtgan eng shov-shuvli mitingida komik tomonidan notoʻgʻri tanlangan hazillar sobiq prezident uchun bezovtalik uygʻotuvchi omilga aylandi.

Uning saylovoldi kampaniyasi dushanba kuni davomida Toni Hinchkliff Medison-skver-gardenda Puerto-Riko —“suzuvchi chiqindi oroli” ekani haqida aytgan soʻzlar nomzodning qarashlarini aks ettirmasligiga ishontirishga urindi, ammo allaqachon bu zarar keltirishni boshlagan.

Puerto-Riko arxiyepiskopi vaziyatga aralashib, toʻgʻridan toʻgʻri respublikachilar nomzodini uzr soʻrashga chaqirishi bu bahs hali tinmasligini kafolatlaydi.

Trampga ayniqsa boshqa odamning soʻzlari uchun uzr soʻrash xos emasligi inobatga olinsa, bu masala sobiq prezident uchun dilemma tugʻdiradi, mojaro tufayli u AQSHda yashovchi puertorikaliklar ovozidan ayrilishi mumkin.

Respublikachilar partiyasining Puerto Rika boʻlimi rahbari Anxel Garsiya allaqachon agar u uzr soʻramasa, Tramp uchun ovoz bermasligini maʼlum qilgan.

Floridalik respublikachi kongressmen Mariya Elvira Salazar komikning soʻzlarini “irqchilik” deb atagan va buni eshitib koʻngli behuzur boʻlganini aytgan.

Kelib chiqishiga koʻra puertorikalik boʻlgan qator mashhurlar, jumladan, qoʻshiqchi Riki Martin ham tanqidiy fikrlar bildirib chiqdi.

Izohlar 0

Fikr bildirish