So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Yevropada Amir Temur davriga oid o‘ta noyob Qur’on mus’hafi topildi
Aytilishicha, hozirda shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan noyob qo‘lyozma narxi bir necha o‘n million dollarga baholanishi mumkin.
Temuriylar davrida yaratilgan muhtasham Qur’on mus’hafi bosh ofisi Londonda joylashgan Kristis kim oshdi savdosi uyi yordamida topildi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Fransuz tadqiqotlar milliy markazining islom bo‘limi mudiri professor Karim Ifrak bildirdi. Aytilishicha, hozirda shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan noyob qo‘lyozma narxi bir necha o‘n million dollarga baholanishi mumkin.
Professor Karim Ifrak:
Ushbu qo‘lyozmaning tarixi XIV-XV asrlarga borib taqaladi. Uning yaratilish tarixi o‘ziga xos ramziylikka ega, sababi undagi har bir so‘z oltin suvi bilan bitilgan. Kitobning zamonaviy texnologiyalarsiz, bunday usulda yaratilgani uning yanada ulug‘vor va bebaholigini ta’minlaydi. Ayrim manbalarda bu Zangori mus’haf deb ham ataladi. Uni yozish uchun to‘rt xil noyob rangdan foydalanilgan va mag‘ribiy yozuvda Andalusiyada kumush suvi bilan ko‘chirilgan. Qo‘lyozmada yuqori sifatli arab xattotligi mavjud bo‘lib, ko‘pincha bu davrda mashhur bo‘lgan nasx xattotlik uslubida aks ettirilgan. Temuriylar qo‘lyozmalari yuqori sifatli materiallar, jumladan, nozik qog‘oz hamda tabiiy pigmentlar yordamida yaratilgan. Vizual jozibadorlikni oshirish uchun oltin suvi ham ishlatilgan.
Ta’kidlanishicha, namunada Temuriylar sulolasining madaniy va diniy qadriyatlari aks ettirilib, Qur’onning islom olamidagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Bu Temuriylar davrining islom ilmi va san’atini saqlash hamda targ‘ib etishga bo‘lgan harakatidan dalolat beradi.
Ma’lum qilinishicha, bu kabi qo‘lyozmalar turli to‘plamlarda saqlangan bo‘lib, tarixiy, badiiy va diniy ahamiyatiga ko‘ra kelib chiqishi o‘rganilmoqda. Hozirda Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda qo‘lyozmaning faksimile nusxasini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi davomida bundan tashqari ko‘plab yangiliklar yangramoqda. Xususan O‘zbekxon va Amir Temur chevarasi tomonidan bitilgan qur’on qo‘lyozmalari hamda Boburiylarga oid muraqqalar topilgani, Ipak yo‘li haqida video o‘yin yaratilishi, O‘zbekiston hududidan topilgan ilk petrogliflar to‘plamini yaratish kabi muhim ilmiy va madaniy yangiliklar ma’lum qilindi.