So`ngi yangiliklar
Ramzan Qodirov Turkiyada choʻkib ketishiga sal qolgani aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan
Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyoda nechanchi oʻrinda?
Rossiyada oʻzbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni oʻldirib qoʻydi
Noqonuniy benzin sotgan “zapravka” jarimaga tortildi
O‘zbekistonda kasb o‘rganish imkoniyatlari kengayadi: internet orqali bepul videodarslar joriy etiladi
O‘zbekiston pasporti jahonda 74-o‘rinda qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vaziri: “Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik faol ishtirok etishi shart”
Turkiyadagi neolit davriga oid Chatalhoʻyuk manzilgohida ayollar jamiyati mavjudligi aniqlandi
Turkiyadagi neolit davriga oid Chatalhoʻyuk manzilgohida ayollar jamiyati mavjudligi aniqlandi
Turkiyaning arxeologik maydonida davom etayotgan qazishmalar, restavratsiyalar va tadqiqotlar natijasi insoniyat tarixi haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirishda davom etmoqda.

Yaqinda oʻtkazilgan genomik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Turkiyaning markazidagi neolit davriga oid Chatalhoʻyuk aholi punktida ayollar jamiyati tashkil qilingan, bu esa ilk qishloq xoʻjaligi jamiyatlarida ayollarning markaziy roli haqida ajoyib nuqtayi nazarni taqdim etadi. Ilmiy tadqiqot, shuningdek, vaqt oʻtishi bilan oʻzgaruvchan qarindoshlik tuzilmalarini kuzatdi va asrlar davomida ijtimoiy normalar qanday rivojlanganiga oydinlik kiritdi. Hozirgi vaqtda Chatalhoʻyuk dunyoda insoniyat tarixidagi eng qadimgi shahar sifatida eʼtirof etiladi, u atrofdagi qishloqlarni bir markaz ostida birlashtirgan ilk maskan boʻlib, zamonaviy shahar sivilizatsiyasining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.
YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va hozirgi Konya viloyatida joylashgan Chatalhoʻyuk, shuningdek, odamlar oʻz uylarining tagiga dafn etilgan noyob yerosti dafn etish amaliyoti bilan ham mashhur. Turkiya hamda boshqa 10 davlatdan 47 genetik, arxeolog va biologik antropologlarning 12-yillik hamkorligi natijasida yakunlangan va yaqinda Science jurnalida chop etilgan tadqiqot qabrlarni tahlil qilish orqali hududdagi qarindoshlik va gender dinamikasi haqida ajoyib xulosalar berdi. Olimlar qadqiqotlari doirasida miloddan avvalgi 8000-5800-yillarda yashagan 395 kishining skelet qoldiqlarini tahlil qildilar va 35 ta uyga dafn etilgan 131 nafar shaxsga oid DNK tahlilini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Genetik taqqoslashlar shuni koʻrsatdiki, Chatalhoʻyuk xonadon aʼzolarini oʻzaro bogʻlashda ayol erkakka qaraganda muhimroq rol oʻynagan. Ayollar har bir xonadonning asosiy tayanchi boʻlgan, erkaklar esa ehtimol boshqa joylarga koʻchib yurgan. Bundan tashqari, yosh ayol qabrlarida erkak qabrlariga qaraganda koʻproq qabr buyumlari mavjud. Bu Onadoʻlidan kelib chiqqan Yevropa neolit davriga oid manzillarda keng tarqalgan erkak hukmronlik qiladigan tizimlar erta dehqonchilik jamiyatlarining tabiiy xususiyati emasligini koʻrsatadi.
Tadqiqot shuningdek, vaqt oʻtishi bilan Chatalhoʻyukdagi qarindoshlik munosabatlari oʻzgarib borganini aniqladi. Ayni bir binoga dafn etilgan odamlar bu manzilgohning dastlabki bosqichlarida odatda oʻxshash genetik tuzilishga ega boʻlgan, bu esa uyning biologik oila aʼzolari tomonidan ishlatilganini koʻrsatadi. Biroq keyingi davrlarda bunday genetik qarindoshlik kamyob boʻlib qoldi, bu esa qon-qarindoshlikning ijtimoiy tuzilmadagi markaziy ahamiyatini asta-sekin yoʻqota boshlaganini anglatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu oʻzgarishlarni homiylik va farzand asrab olish mexanizmlarining keng qoʻllanilishi kabi madaniy omillar bilan bogʻlash mumkin.
Chatalhoʻyuk: Neolit davriga oid shahar tipidagi posyolkalar
Chatalhoʻyuk 9000-yil oldin mavjud boʻlgan jamiyat haqida tasavvur beradi. Ziyoratchilar ushbu qadimiy jamiyatning nafosatini aniq koʻrsatuvchi turli qoldiqlar orqali insoniyat tarixining ilk oʻtmishiga sayohat qilishlari mumkin. Maydon oʻzining katta oʻlchami, aholi punktining uzoq umr koʻrganligi, klaster usulida qurilgan va tomga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan orqama-ketin uylar, shuningdek, devor rasmlari va releflari bilan ajralib turadi. Ushbu topilmalar jamlanmasi shaharsozlik, barqaror turmush tarzi, ijtimoiy tashkilot va madaniy amaliyotlar haqida batafsil tushunchani namoyon etadi.
Arxeologik maydonning eng mashhur topilmalari orasida ona maʼbuda kulti va koʻplab ayol haykalchalari mavjud. Anqaradagi Onadoʻli sivilizatsiyalari muzeyida Chatalhoʻyuk topilmalarining boy kolleksiyasi, jumladan, ayol haykalchalari mavjud boʻlsa-da, qazilma maydonini bir vaqtlar insoniyat hayotining ilk belgilari kurtak yozgan hudud sifatida sayr qilish oʻzgacha taassurot qoldirishiga shak-shubha yoʻq. Bundan tashqari, Turkiya madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha 2023-yilda Chatalhoʻyukda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot va ziyoratchilar markazini ochdi. Arxeologik maydon ichida joylashgan ushbu markaz interaktiv ekranlar va maftunkor multimedia installyatsiyalari orqali Chatalhoʻyuk haqida keng qamrovli maʼlumot beradi.



