Qidirish

13:03 / 2025-10-15 1679 0 Dunyo

Kappadokiya 17-19-oktabrda “Salomon Cappadocia Ultra-Trail” yugurish poygasiga mezbonlik qiladi

17–19-oktabr kunlari Kappadokiya “Salomon Cappadocia Ultra-Trail” xalqaro yugurish poygasiga mezbonlik qiladi, musobaqa to‘rt yo‘nalishdan iborat bo‘lib, mintaqaning noyob tabiiy va madaniy manzaralari orasida o‘tadi.

world-news

Kappadokiya — piyoda sayr qilishdan tortib, velosiped haydashgacha bo‘lgan son-sanoqsiz ochiq havo sarguzashtlariga boy betakror maskan. Endilikda u Turkiyaning eng nufuzli sport tadbirlaridan biriga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 17–19 oktabr kunlari bu go‘zal shaharda “Salomon Cappadocia Ultra-Trail” xalqaro yugurish poygasi o‘tkaziladi.   

Poyga Turkiya Yoshlar va sport vazirligi, Turizmni tanitish va rivojlantirish agentligi (TGA), Turkiya atletika federatsiyasi va bir qancha mahalliy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Noyob manzaralar bag‘rida to‘rt poyga  

Salomon Kappadokiya ultra-trail poygasi har yili xalqaro sport festivali ruhida o‘tkazilib, ko‘plab mamlakatlardan minglab ishtirokchilarni o‘ziga jalb qiladi. 12-marotaba o‘tkazilayotgan bu yilgi musobaqa to‘rtta asosiy yo‘nalishdan iborat. Har biri Urgup markazidan boshlanib, mintaqaning ramziy vodiylari orqali oʻtadi.

Birinchi yo‘nalish Salomon Kappadokiya mini trail (CMIT) bo‘lib, u trail yugurishiga ilk qadam qo‘yayotganlarga mo‘ljallangan qisqa, biroq hayratlanarli marshrut. Masofa taxminan 14 km, balandlik esa 308 m. Musobaqa 17 oktyabr kuni soat 15:00 da start oladi.

Ikkinchi yo‘nalish esa Salomon Kappadokiya qisqa yo‘li (CST) bo‘lib, yuguruvchilarga vodiylar bo‘ylab ko‘zni qamashtiruvchi sayohat taqdim qiladi. Masofa taxminan 38 km, balandlik – 1120 m. Poyga 18 oktyabr kuni soat 10:00da boshlanadi.

Salomon Kappadokiya o‘rta masofa yo‘li (CMT)ning balandligi 2030 m, masofa 63 km. Musobaqa 18 oktyabr kuni soat 07:00 da start oladi. Bu marshrut barcha darajadagi yuguruvchilar uchun unutilmas tajriba baxsh etadi.

Salomon Kappadokiya ultra-trail (CUT)- musobaqaning eng nufuzli va murakkab yo‘nalishi. U butun mintaqani qamrab oluvchi, sabr-matonatni sinovdan o‘tkazadigan afsonaviy poygadir. Yo‘l masofasi 119 km va balandligi esa 3 730 m. 18 oktyabr soat 07:00 da boshlanadi. G‘oliblar 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda taqdirlanadi.  

Salomon Kappadokiya ultra-trail nafaqat sport tadbiri sifatida, balki Kappadokiyaning tabiiy va madaniy boyliklarini butun dunyoga tanitib, xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Har yili 75 dan ortiq mamlakatdan minglab yuguruvchilar va sport ixlosmanlarini jalb qiladi.

Kappadokiya noyob tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadi, issiq havo sharlari, g‘or mehmonxonalari, sirli yer osti shaharlari, ot sayrlari va boshqa ochiq havo mashg‘ulotlarini taklif qiladi. Kappadokiya yaqinda Michelin Guidening Turkiya xaritasiga kiritildi. Ajablanarlisi shundaki, mintaqaning muzeylari va arxeologik obyektlariga o‘tgan yili 4,37 milliondan ortiq ziyoratchi tashrif buyurdi.

Izohlar 0

Fikr bildirish