So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyoda nechanchi oʻrinda?
“Speedtest Global Index” 2025-yil iyun oyidagi maʼlumotlari asosida dunyo mamlakatlarining internet tezligi boʻyicha egallagan oʻrinlarini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda jahon reytingida 103 davlat orasida 71-pogʻonada qayd etildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda mobil internetning oʻrtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. “Speedtest Global Index” maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston mobil internetning oʻrtacha tezligi boʻyicha MDH mamlakatlari orasida birinchi, Oʻzbekiston esa 3-oʻrinni egallagan.
Mobil internetning oʻrtacha tezligi boʻyicha dunyo reytingida BAA 546,14 Mbit/sekund koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinda qayd etilgan. Undan keying oʻrinda 517,44 Mbit/sekund bilan Qatar ikkinchi, 378,45 Mbit/sekund koʻrsatkich bilan Quvayt uchinchi pogʻonadan joy olgan.
Kuchli oʻnlikda Bahrayn (236,77 Mbit/s), Braziliya (228,89 Mbit/s), Bolgariya (224,46 Mbit/s), Janubiy Koreya (218,06 Mbit/s), Xitoy (201,67 Mbit/s), Saudiya Arabistoni (198,39 Mbit/s) hamda Daniya (196,27 Mbit/s) joylashgan.
Reytingning eng quyi pogʻonasida Esvatini 18,36 Mbit/sekund bilan 101-pogʻonada, Belarus 17,97 Mbit/sekund bilan 102-oʻrinda hamda Boliviya 13,192 Mbit/sekund bilan 103-oʻrinda qayd qilingan.