So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 26-iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Spark mashinasi haydovchisi boʻlgan 20 yoshli yigit avtohalokatga uchrab, voqea joyida halok boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, soat 01:05 larda tumanning Nurafshon koʻchasida 2005-yilda tugʻilgan haydovchi Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng, u beton ustunga toʻqnashib ketgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida boʻlgan yana 1 nafar yoʻlovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bildirilishicha, tergov davom etmoqda.