So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
Turkiy davlatlar tashkilotining turizm boʻyicha yigʻilishidan soʻng Turkiya Madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari Nadir Alpaslan va Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Djamshid Abdusalamovlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Turkiya – oʻzlarining boy tarixi, madaniy yutuqlari va islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi bilan ajralib turuvchi ikki doʻstona davlatligi hamda ikki tomonlama munosabatlar nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki turizm yoʻnalishida ham izchil ravnaq topayotganligi alohida qayd etildi.
Turkiya tomoni ham turizm bugungi kunda davlatlarimiz oʻrtasidagi muloqot, madaniyatlar yaqinlashuvi va xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim vositaga aylanganligini, shuningdek, Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida turizm sohasidagi yaqin hamkorlik ana shu maqsadlarga xizmat qilayotganligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida, Turkiya tomoni Oʻzbekiston bilan turizm sohasidagi mavjud xalqaro tajribalarini almashishga hamda mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlardan unumli foydalangan holda ziyorat turizmi, etnoturizm va gastronomik turizm yoʻnalishlarida yangi turistik yoʻnalishlar ishlab chiqishga hamda kelgusida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga doir loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.